Jahon | 23:40 / 01.01.2018
6356
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 2018 yil “amalga oshirishlar yili” deb ataldi

Foto: bloomberg

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe millatga yangi yil tabrigida 2018 yilni “har bir kishi o‘z salohiyatini amalga oshira oladigan jamiyatni yaratish uchun harakat qilish vaqti” deb atadi. 

“Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘zgartira olamiz. Barchasi intilishlarimiz va g‘ayratimizga bog‘liq. Bu yil – harakat qilish vaqtidir. Yaponiya har bir kishi o‘z salohiyatini amalga oshira oladigan jamiyat qura olsa, sezilarli taraqqiyotga erishishi mumkin”, deb aytgan Abe.

Uning aytishicha, 2018 yil “amalga oshirishlar yili” bo‘ladi. 

“Biz o‘tgan yil saylovlarda bergan va'dalarimizni sekin-asta amalga oshirishni boshlaymiz. Hukumat kelajakka mo‘ljal olgan yangi millatni yaratish uchun islohotlarni faol ilgari suradi”, deyilgan xabarda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid