Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:40 / 01.01.2018
14037
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» rahbariyati Eden Azar transferi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Foto: Reuters
Madridning «Real» klubi rahbariyati transferlarga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilish o‘tkazdi.
Marca xabariga ko‘ra, unda «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar transferi g‘oyasidan voz kechish haqida qaror qabul qilingan. Rahbariyat Marko Asensioga ko‘proq imkoniyat berish kerak degan xulosaga kelgan.
Qayd qilish joizki, belgiyalik futbolchi transferini so‘ragan bosh murabbiy Zinedin Zidan majlisda ishtirok etmagan.
Avvalroq, «Real» Azar transferi uchun 120 million yevro ajratishga tayyorligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish