Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda egizaklar turli yillarda dunyoga keldilar
Foto: Global Look Press
Kaliforniyada Yangi yil kirib kelishi arafasida nafaqat 20 daqiqa farq, balki tug‘ilgan yili va oyi turlicha bo‘lgan egizaklar dunyoga keldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Egizaklar Xoakin va Aitana de Xesus Ontiveros 2018 yil 27 yanvarda tug‘ilishlari taxmin qilinayotgan edi. Biroq ularning onasi Mariyada muddatdan avval to‘lg‘oq boshlanib, u 31 dekabrda Delano Regional Medical Center shifoxonasining tug‘uruq bo‘limiga olib kelingan va ko‘zi yorigan. Egizaklardan birinchisi o‘g‘il bo‘lgan va 31 dekabr soat 23:58da, ikkinchisi esa qiz bo‘lib, 1 yanvar soat 00:16da dunyoga kelgan. Shu tariqa aka-singil nafaqat turli kunlar, balki oy va yillarda tug‘ilishgan. Shifoxona vakilining aytishicha, egizaklar va ularning onasi o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar. “Bu syurpriz bo‘ldi. Butun oila bundan baxtiyor”, deb aytgan shifokor.
Kaliforniyaning Erlimat aholi punktida yashaydigan oilaning yana uch qiz farzandi bor.
Mavzuga oid
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
17:30 / 06.04.2026
“Rus, ingliz va nemis tilini telefon va internetdan o‘rgandik” - buxorolik 12 yoshli egizaklar hikoyasi
13:07 / 24.01.2026
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
16:05 / 08.12.2025