Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron oliy rahbari namoyishlarga munosabat bildirdi
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakatdagi norozilik namoyishlariga izoh berib, «dushmanlar» Eron xalqiga zarar yetkazish uchun «pul va qurol»ni qo‘llagan holda, istalgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy Mehr agentligi xabar berdi.
Eronning yirik shaharlari – Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan o‘tkazilmoqda. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari vaqtida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Tehronda so‘nggi uch kun ichida taxminan 450 kishi qo‘lga olindi.
Agentlikning xabar qilishicha, Xomanaiy «dushmanlar barcha vositalar, jumladan pul va qurol bilan ham birlashib, davlat hokimiyatiga zarar yetkazishgan harakat qilishmoqda».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy mamlakatdagi norozilik aksiyalari Tehron bilan qator davlatlar olib borayotgan «bevosita urush» doirasida bo‘lib o‘tayotgani haqida ma'lum qilgandi. Shamxoniy dushanba kuni chiqish qilib, Erondagi norozilik namoyishlari ortida AQSh, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni turganini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026