Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fitnachilar ushlandi – Eron OAV
Eron xavfsizlik kuchlari bir necha kishini norozilik namoyishlariga undaganliklari uchun qo‘lga oldi. Mamlakatda 28 dekabrdan beri ommaviy norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi mahalliy ILNA agentligi Eron Axborot va milliy xavfsizlik bo‘yicha vazirligi bayonotiga asosan.
Bayonotga ko‘ra, so‘nggi kunlarda odamlarning jamoatchilik fikrini bildirish maqsadidagi tinch yig‘inlari “shubhali va tajovuzkor elementlar tufayli” keskin norozilik namoyishlariga aylanib ketdi. Ular davlat mulkiga zarar yetkazdi hamda kishilarning halok bo‘lishiga olib keldi, deya ma'lum qilgan Eron hukumati.
Shuningdek bayonotda ta'kidlanishicha, boshqa fitnachilarni qidirish ishlari davom etmoqda, deya yozadi agentlik.
Eronning yirik shaharlari – Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan o‘tkazilmoqda. Eron OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
08:27 / 04.06.2026
Eron bilan urush Kongressda ham bahslarga sabab bo‘lmoqda
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
21:07 / 02.06.2026