Eron xavfsizlik kuçlari bir neça kişini norozilik namoyişlariga undaganliklari uçun qölga oldi. Mamlakatda 28 dekabrdan beri ommaviy norozilik aksiyalari bölib ötmoqda, deb xabar berdi mahalliy ILNA agentligi Eron Axborot va milliy xavfsizlik böyiça vazirligi bayonotiga asosan.

Bayonotga köra, sönggi kunlarda odamlarning jamoatçilik fikrini bildiriş maqsadidagi tinç yiğinlari “şubhali va tajovuzkor elementlar tufayli” keskin norozilik namoyişlariga aylanib ketdi. Ular davlat mulkiga zarar yetkazdi hamda kişilarning halok bölişiga olib keldi, deya ma'lum qilgan Eron hukumati.

Şuningdek bayonotda ta'kidlanişiça, boşqa fitnaçilarni qidiriş işlari davom etmoqda, deya yozadi agentlik.

Eronning yirik şaharlari – Tehron, Maşhad, Isfaxon va Reştda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, namoyişlar davlatdagi içki muammolar tufayli, şuningdek boşqa mamlakatlar fitnasi bilan ötkazilmoqda. Eron OAV ma'lumotlariga köra, norozilik namoyişlari vaqtida 10 kişi halok böldi.