Xitoyda 18 soat to‘xtovsiz ishlagan shifokor hayotdan ko‘z yumdi
Xitoyning Shansi viloyatida 18 soat to‘xtovsiz ishlagan shifokor hayotdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda Asia One.
Xabar qilinishicha, 29 dekabr kuni 43 yoshli Chjao Byansyan shifoxonada bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazayotgan bo‘lgan hamda palatada yotgan ayol va uning qizini ko‘rib chiqqach, yiqilib tushgan. Uning so‘nggi so‘zlari, guvohlarning bildirishicha, shunday bo‘lgan: "Onangizning ahvoli qanday?"
Ayol darhol jonlantirish bo‘limiga yotqizildi, biroq ertasi kuni hayotdan ko‘z yumdi. Jasad yorib ko‘rilganida shu ma'lum bo‘ldiki, Byansyan subaraxnoidal qon quyilishidan – miyadagi qon aylanishining chuqur buzilishi shakllaridan biri tufayli vafot etgan.
Chjao Byansyan shifoxonada respirator kasalliklar bo‘limi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. Shifokorning hamkasblari so‘zlariga ko‘ra, u "juda mehnatsevar" hamda o‘z sohasidagi eng yaxshi mutaxassislardan biri edi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023