Jahon | 08:50 / 03.01.2018
15790
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada timsoh to‘rt yoshli bolaga hujum qildi

Foto: Mexiconewsdaily

Meksikada timsoh 4 yoshli bolaga hujum qildi va uni suv ostiga sudrab olib ketdi. Bu haqda Mexico News Daily xabar qilmoqda.

Qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmoqda, bolani izlash ishlarida qutqaruvchilar va ko‘ngillilar qatnashyapti.

Hodisa 1 yanvar kuni Oaxaka shahridagi qirg‘oqda yuz bergan.

Ta'kidlanishicha, bu timsohlarning mamlakatda so‘nggi yetti yilda qayd etilgan yettinchi hujumiga aylandi.

Mahalliy ma'muriyat rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda sudralib yuruvchilar kamida uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid