Jahon | 12:00 / 03.01.2018
15934
2 daqiqa o‘qiladi

Savchenko Kiyevga «qon bilan narx to‘lash» borasida tahdid qildi

Foto: RIA "Novosti"

Hokimiyat tepasiga “qon orqali” kelgan amaldorlar o‘z harakatlari uchun javob berishlari kerak, deya ma'lum qildi Ukraina Radasi deputati Nadejda Savchenko NewsOne telekanali efirida.

"Ko‘ramiz, Ukrainaning yo‘li qanday rivojlanib boradi. Agarda inqilob revansh olsa, u holda, hokimiyat tepasiga qon bilan kelganlar, o‘z qoni bilan narx to‘laydi. Umid qilamanki, aynan shunday bo‘ladi, sababi bu adolatli", - deya aytib o‘tdi Savchenko.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat tepasida bo‘lganlarning barchasi o‘z xatti-harakatlari uchun javob berishi kerak, aks holda ularning o‘rniga keladigan amaldorlar jinoyatga jazo yo‘q, deb hisoblashlari mumkin.

Ukrainada 2014 yilning fevralida davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Oliy rada prezident Viktor Yanukovichni hokimiyatdan chetlatdi, u esa, o‘z navbatida, mamlakatdan qochib ketdi. Yanukovich va boshqa sobiq amaldorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak Rossiya bilan chegarada biometrik nazorat tizimini joriy qilish Ukraina milliy xavfsizligini mustahkamlashga yordam berishi va rus maxsus xizmatlari xodimlarining ishini qiyinlashtirishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid