Tojikistonga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlat ma'lum bo‘ldi
Tojikistonga kirib kelgan xorijiy sarmoyalarning umumiy hajmidan taxminan 50 foizi (47,3%) Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Jahon bankining Tojikiston bo‘yicha «Barqaror iqtisodiy o‘sishga qaramay, ortgan zaiflik» iqtisodiy hisobotida aytiladi.
Hujjatga ko‘ra, 2017 yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar oqimi ancha kamaydi va YaIMning atigi 1,9%ga teng bo‘ldi. 2016 yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich YaIMning 6,3%ni tashkil etdi.
Bank tahlilchilari ma'lumotiga ko‘ra, xorijiy sarmoyalar hajmining taxminan yarmi qazib olish sektoriga yo‘naltirilgan, keyingi o‘rinlardan transport va ishlab chiqarish joy oldi.
Xorijiy sarmoyalar hajmining taxminan 80 foizi Xitoy (47,3%) va Rossiyadan (31,3%) kelgan. Investitsiyalar oqimining kattaligi bo‘yicha uchinchi pog‘onada - Shveytsariya (6,8%).
Yaponiya hukumati esa yaqinda Dushanbe shahri aeroportida yuk terminalini qurish uchun taxminan 200 mln dollar miqdorida sarmoyalar taqdim etishini ma'lum qildi.
Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bazasini va uning tarkibiy qismlarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024