Jahon | 19:40 / 04.01.2018
8245
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Afrikadagi poyezd halokati qurbonlari soni ortmoqda

Janubiy Afrika Respublikasida poyezd ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda tibbiyot xodimlariga asoslangan holda eNCA telekanali xabar tarqatdi.

Shuningdek, 260 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan. 

Ayni vaqtda jarohatlanganlarning bir qanchasi og‘ir ahvolda qolmoqda.

Bugun, 4 yanvar kuni Port-Elizabettdan Yoxannesburgga qarab yo‘l olgan poyezdga Hennenman va Krunstad aholi puntklari o‘rtasidagi hududda yuk mashinasi kelib urildi. Natijada bir necha vagonlar ag‘darildi, voqea joyida yong‘in kelib chiqdi.

Poyezdda jami 713 yo‘lovchi bor edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid