Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2,1 mlrd dollar. Xitoy sun'iy idrok sohasida «inqilob»ga tayyorlanmoqda
Foto: Fotolia
Xitoy Pekin shahrida texnopark qurilishiga 13,8 mlrd yuan (2,1 mlrd dollar) yo‘naltiradi, u sun'iy idrok va bulutli hisoblash bilan bog‘liq ishlanmalar hamda loyihalarga bag‘ishlanadi. Bu haqda “Sinxua” mahalliy ma'muriyatga tayangan holda xabar bermoqda.
Texnopark Pekin shahri chetidagi Mentougouda joylashadi. Uning qurilishi taxminan besh yil davomida olib boriladi.
Texnoparkda 400 ta kompaniya joylashtiriladi, tadqiqotlar, ishlanmalar, mahsulotlar qiymati yiliga taxminan 50 mlrd yuanga (7,7 mlrd dollar) teng bo‘ladi.
Texnologik parkni barpo etish ishlari bilan «Xitoydagi Kremniy vodiysi» nomini olgan Chjunguantsun ilmiy markazi nazorati ostida bo‘lgan kompaniya shug‘ullanadi. U 1950-yillarda ilm-fan va ta'limning integratsiyasi uchun tashkil etilgan.
Parkning texnologik tuzilmasiga beshinchi avloddagi mobil tarmog‘i, superkompyuter va bulutli servislar kiradi.
Mavzuga oid
19:42
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
09:51
Tayvan bo‘g‘ozi atrofida keskinlik: Xitoy apreldan beri ilk yirik mashqni o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025