Jahon | 09:45 / 05.01.2018
24612
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada tunets balig‘i 323 ming dollarga sotildi

Foto: Reuters/Toru Hanai

Yaponiyada 2018 yildagi ilk baliq auksionida 405 kilogrammlik tunets balig‘i 36 mln iyenga (323 ming dollar) sotildi. Bu haqda NHK World telekanali xabar bermoqda.  

Bu tunets ushbu auksionlar o‘tkazilishi vaqtida sotilgan yirikligi bo‘yicha 4-raqamlisi bo‘ldi. Auktsion an'anaviy ravishda Tokiodagi Tsukidzki bozorida o‘tkazildi. Bu bozor baliq va dengiz mahsulotlari sotiladigan eng katta ulgurji bozorlardan biri hisoblanadi. Auktsion mahalliy vaqt bilan 5 yanvar soat 05:30da boshlangan.

Biroq bu mutlaq rekord hisoblanmaydi: 2013 yilda 222 kg.lik tunets 1,8 mln dollarga sotilgan. Uni Sushi-Zanmai sushi-restoranlari tarmog‘i xarid qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid