Jahon | 08:30 / 05.01.2018
6166
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik kengashining Eron bo‘yicha yig‘ilishi 5 yanvarda o‘tadi

Foto: Kena Betancur

BMT Xavfsizlik kengashining Erondagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishi 5 yanvarda mahalliy vaqt bilan soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan 6 yanvar soat 01:00) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xavfsizlik kengashining rasmiy dasturida ma'lum qilingan. 

Dasturda Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgani uchrashishi ko‘rsatilgan. Yig‘ilish AQShning so‘rovi bilan o‘tkazilmoqda.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli 2 yanvarda jurnalistlarga AQSh Erondagi voqealar bilan bog‘liq holda yaqin kunlarda Nyu-Yorkda Xavfsizlik kengashi va Jyenevada BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishlarini chaqirtirishini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid