Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya va AQSh kelishuvlari kuchini yo‘qotmoqda
Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Turkiya va AQShning ikki tomonlama yuridik kelishuvlari «o‘z kuchini yo‘qotmoqda». Bu haqda Reuters xabar berdi.
«AQSh bizni kechirishi kerak, lekin o‘rtamizdagi ikki tomonlama munosabatlar va ikki tomonlama kelishuvlar o‘z kuchini yo‘qotmoqda. Men buni aytishdan afsusdaman, biroq vaziyat aynan shuni taqozo etmoqda», - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, AQShdagi sud maslahatchilari 4 yanvar, payshanba kuni Turkiyaning Halkbank banki direktori o‘rinbosari Mahmud Atillani aybdor deb topishdi. Atilla Eronga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishda ayblangan.
«Agarda bu AQShning adolat haqidagi tushunchasi bo‘lsa, dunyoning barbod bo‘lishi muqarrar», - deya ta'kidlab o‘tdi Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
18:16 / 12.05.2026
AQSh butun dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriya ishini o‘rganadi
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
23:12 / 11.05.2026