Jahon | 13:20 / 05.01.2018
4242
1 daqiqa o‘qiladi

NATO ittifoqning rasmiy madhiyasini ma'qulladi

Foto: Virginia Mayo

Shimoliy Atlantika ittifoqi o‘zining rasmiy madhiyasini ma'qulladi. Bu haqda NATO saytida xabar berilgan.

Tashkilotning madhiyasi avval ham bo‘lgan, biroq u ma'qullanmagan edi. Lyuksemburg harbiy orkestri dirijyori, kapitan Andre Reyxling kompozitsiyani 1989 yilda, NATOning 40 yilligi munosabati bilan yozib bergan. O‘shandan beri madhiya turli tadbirlarda, masalan 2017 yilning mayida bo‘lib o‘tgan birlashma bo‘yicha ittifoqchi mamlakatlar rahbarlari uchrashuvida ijro etilgan.

Kompozitsiya so‘zlarsiz chalinadi. Madhiya yigirmata musiqa asbobi uchun yozilgan: fleyta-pikkolo, fleyta, goboy, uchta klarnet, uchta saksofon, ikkita kornet, ikkita truba, rog, bariton-rog, uchta trombon, truba va baraban.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid