Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Multiplikatsion filmlar studiyasi” tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.
Hujjat bilan “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatning agentlik huzurida “Multiplikatsion filmlar studiyasi” Davlat unitar korxonasini tashkil etish haqidagi taklifi ma'qullandi.
Shuningdek, agentlik tizimiga kiruvchi “O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” mas'uliyati cheklangan jamiyati “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” Davlat unitar korxonasiga aylantiriladi.
“Yoshlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi” Davlat korxonasi esa “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” Davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlanadi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026