Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buyuk dahoman!» - Tramp ruhiy holatini tanqid qilganlarga javob qaytardi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining aqliy qobiliyati tanqid ostiga olingani tufayli tvitterdagi sahifasida bu borada izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, bunday holat Maykl Vulfning «Olov va g‘azab. Trampning Oq uyida» kitobi chiqqanidan so‘ng yuzaga keldi.
«Butun umrim davomida mening eng asosiy ikki jihatim – ruhiy holatim va aqlim bo‘lgan. Men juda muvaffaqiyatli tadbirkor hamda televideniye yulduzidan AQSh prezidentiga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdim. Men o‘zimni aqlli inson sifatida emas, balki daho, juda katta daho, deb hisoblayman!» - deya yozdi Tramp.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson CNN muxbirining Donald Tramp ruhiy holati haqidagi savoliga javob qaytargani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
20:10 / 04.06.2026
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
08:21 / 04.06.2026