AQŞ prezidenti Donald Tramp özining aqliy qobiliyati tanqid ostiga olingani tufayli tvitterdagi sahifasida bu borada izoh berdi. Eslatib ötamiz, bunday holat Maykl Vulfning «Olov va ğazab. Trampning Oq uyida» kitobi çiqqanidan söng yuzaga keldi.
«Butun umrim davomida mening eng asosiy ikki jihatim – ruhiy holatim va aqlim bölgan. Men juda muvaffaqiyatli tadbirkor hamda televideniye yulduzidan AQŞ prezidentiga qadar bölgan yölni bosib ötdim. Men özimni aqlli inson sifatida emas, balki daho, juda katta daho, deb hisoblayman!» - deya yozdi Tramp.
Avvalroq AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson CNN muxbirining Donald Tramp ruhiy holati haqidagi savoliga javob qaytargani xabar berilgandi.












