Xitoy Eronning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi
BMT Xavfsizlik kengashi Eronning ichki ishlariga aralashmasligi va bu mamlakatda inson huquqlari sohasidagi vaziyatni muhokama qilmasligi kerak. Bu haqda 5 yanvarda Xitoyning BMTdagi doimiy vakili U Xaytao Erondagi norozilik namoyishlari bo‘yicha o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Xaytaoning aytishicha, Xitoy Erondagi oxirgi voqealarni e'tiborga olgan va “Eron hukumati va xalqi sa'y-harakatlari yordamida Eron barqaror bo‘lib qolishi va rivojlanishda davom etishiga umid qiladi va ishonadi”. “Erondagi vaziyat xalqaro tinchlik va xavfsizlikka hech qanday xavf solmaydi hamda Xavfsizlik kengashi kun tartibiga kiritilmagan”, deb aytgan diplomat.
Uning ta'kidlashicha, BMT nizomiga ko‘ra, “Xavfsizlik kengashining asosiy vazifasi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash” hisoblanadi, shu sababli kengash biror-bir davlatning ichki ishlarini, u yerdagi inson huquqlari sohasidagi vaziyatni muhokama qilmasligi kerak. Xaytanoning aytishicha, “Erondagi vaziyat Xavfsizlik kengashi vakolatlariga kirmaydi”.
Eronda hukumatga qarshi namoyishlar 28 dekabrda boshlangandi. Namoyishchilar narx-navo oshishi va korxonalar kasodga uchrashidan norozilik bildirishgan. Tartibsizliklar oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan. Eron hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklarda ishtirok etgan 450 dan ko‘proq odam hibsga olingan. Ular yaqin orada sud oldida javob beradilar.
5 yanvarda BMT Xavfsizlik kengashining Eron bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. G‘arb davlatlari Erondagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashi bilan birga ulardan hammasi ham Erondagi vaziyat dunyodagi tinchlik va xavfsizlikka xavf solishiga qo‘shilmagan. Jumladan, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaning aytishicha, yig‘ilish o‘tkazish tashabbusini bildirgan AQSh mantig‘iga amal qilinsa, unda AQSh va boshqa g‘arb davlatlaridagi norozilik namoyishlari bo‘yicha ham Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazish lozim.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
17:00 / 05.11.2024