O‘zbekiston | 11:23 / 06.01.2018
94796
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident “Captiva” sovg‘a qilgan Alisher Qurbonov nima uchun Qoraqalpog‘istonga qaytdi?

 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida fermer xo‘jalik rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashib, Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovga Qoraqalpog‘istonga qaytib ishlayotgani uchun Captiva avtomashinasini sovg‘a qilgani haqida ma'lumot berilgan edi.

Xo‘sh, Alisher Qurbonov nima uchun va qanday qilib yana Qoraqalpog‘istonga qaytdi? “Yerkin Qaraqalpaqstan” nashri bu savolga javob olish uchun u bilan suhbatlashdi, deb yozmoqda Kruz.uz.

“2017 yili "Panaev farms" fermer xo‘jaligi rahbari Islam Panayev Germaniyaga seminttal naslli qoramol sotib olishga bordi. Shunda men unga 60 bosh seminttal naslli mol, Avstriyadan 300 bosh echki sotib olishda o‘z maslahatlarim bilan yordamlashdim. Sentyabr oyida qishloqqa navbatdagi mehnat dam olishiga kelganimda, shu olib bergan mollarning holatini ko‘rish maqsadida fermer xo‘jaligida bo‘lganimda bu yerdagi ishlarda o‘zgarish kiritish shart va tartibga solish zarur bo‘lgan holatlarni ko‘rdim.

Ana shundan boshlab ushbu xo‘jalikning ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va iqtisodiy tomondan tartibga solish bo‘yicha o‘zimning maslahatlarimni berib, menejyer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Hozir bu xo‘jalikning chorvachilikdagi holati ancha yaxshi tomonga o‘zgardi. Bahorda sotib olib kelingan mollarimizning soni 130 boshga yetdi. Shuningdek, fermada Hollandiyadan olib kelingan golshteyn naslli qoramollar ham boqilmoqda. Hozirgi kunlari ularning har biridan kuniga o‘rtacha 20 litrdan sut sog‘ib olinib, o‘zlarimizda qayta ishlanib, "Panamilk" markasi bilan 55 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanib, savdo o‘rinlariga yetkazib berilmoqda”, - deydi Alisher Qurbonov.

Mavzuga oid