
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xöjayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida fermer xöjalik rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlaşib, Germaniyada 11 yil davomida çorvaçilik böyiça işlagan doktor Alişer Qurbanovga Qoraqalpoğistonga qaytib işlayotgani uçun Captiva avtomaşinasini sovğa qilgani haqida ma'lumot berilgan edi.
Xöş, Alişer Qurbonov nima uçun va qanday qilib yana Qoraqalpoğistonga qaytdi? “Yerkin Qaraqalpaqstan” naşri bu savolga javob oliş uçun u bilan suhbatlaşdi, deb yozmoqda Kruz.uz.
“2017 yili "Panaev farms" fermer xöjaligi rahbari Islam Panayev Germaniyaga seminttal naslli qoramol sotib olişga bordi. Şunda men unga 60 boş seminttal naslli mol, Avstriyadan 300 boş eçki sotib olişda öz maslahatlarim bilan yordamlaşdim. Sentyabr oyida qişloqqa navbatdagi mehnat dam olişiga kelganimda, şu olib bergan mollarning holatini köriş maqsadida fermer xöjaligida bölganimda bu yerdagi işlarda özgariş kiritiş şart va tartibga soliş zarur bölgan holatlarni kördim.
Ana şundan boşlab uşbu xöjalikning işlarini töğri taşkillaştiriş va iqtisodiy tomondan tartibga soliş böyiça özimning maslahatlarimni berib, menejyer lavozimida işlab kelmoqdaman. Hozir bu xöjalikning çorvaçilikdagi holati ança yaxşi tomonga özgardi. Bahorda sotib olib kelingan mollarimizning soni 130 boşga yetdi. Şuningdek, fermada Hollandiyadan olib kelingan golşteyn naslli qoramollar ham boqilmoqda. Hozirgi kunlari ularning har biridan kuniga örtaça 20 litrdan sut soğib olinib, özlarimizda qayta işlanib, "Panamilk" markasi bilan 55 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanib, savdo örinlariga yetkazib berilmoqda”, - deydi Alişer Qurbonov.
















