Jahon | 09:09 / 07.01.2018
6779
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada nufuzli nashr jurnalisti o‘ldirib ketildi

Foto: TASS

Meksikadagi eng nufuzli nashrlardan biri Universal jurnalisti Xose Xerardo Martines Mexikoda 6 yanvarga o‘tar kechasi o‘ldirib ketildi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist Koyoakan tumanida talonchilik vaqtida qorin sohasidan o‘qotar jarohat olgan. U politsiyaga ikki jinoyatchi hujum qilganini aytishga ulgurgan.

Jurnalist shifoxonaga yetkazilgan, biroq u yerda vafot etgan. Talonchilik jurnalist farzandlariga o‘yinchoqlar xarid qilgani ko‘chaga chiqqanda sodir bo‘lgan.

Mexiko bosh prokuraturasi ushbu qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Shuningdek, nashr ham parallel ravishda tergov olib bormoqda.

Meksikada 2017 yil davomida 12 jurnalist o‘ldirilgan. Meksika jurnalistlar hamjamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan beri Meksikada ommaviy axborot vositalarining 120 xodimi o‘ldirilgan, 20 nafari bedarak yo‘qolgan, OAV binolariga 50 ga yaqin hujum sodir etilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid