Mirziyoyev xorijdagi o‘zbek boylarini vatanga qaytishga chaqirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik qilayotgan va bu borada muvaffaqiyatga erishgan boy o‘zbekistonliklarni vatanlariga qaytishga hamda ularni tekshirtirmaslikka va'da berdi. U Toshkent viloyati faollari bilan uchrashuvida qilgan ma'ruzasida shu haqda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston 24 telekanali.
“Toshkent viloyatining o‘zi 500 mln dollar meva-sabzavot eksport qila oladi. Mening bunga 100 foiz hisob-kitobim bor. Kelamiz shu kunlarga. Chidashimiz, ishlashimiz kerak. Meva-sabzavot eksportining hamma puli oldingidek Markaziy bankka kelmaydi. Qayerga keladi, tadbirkorning kissasiga keladi. Tadbirkor xalq-ku.
Hozir 1-2 tadbirkorning puli chet elda. Men nima uchun baralla aytayapman: hamma eshitsin! O‘zbekistonga pulini qo‘ygan birorta odamni tekshirtirmayman. Olib kelinglar pullaringni. Qo‘yinglar, korxona, zavod quringlar, klaster qilinglar. Necha million qilsanglar ham, bo‘ldi u davr tugadi, endi. Bo‘lgan ish bo‘lib bo‘ldi. Olib kelinglar pullaringni. Millatimizni ish bilan ta'minlaylik.
Hokimlar o‘zining ish bilan, ma'naviyat, ma'rifat, tarbiya bilan shug‘ullanishi kerak. Xonasini qo‘riqlamasdan, Xitoyga, Indoneziyaga borishi kerak. Singapurga, Koreyaga borib, yangi g‘oya olib kelishi kerak”, - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
21:31 / 14.10.2024
Prezident Toshkent viloyatida jami 2 mlrd dollarlik 9 ta loyihaga start berdi
18:39 / 14.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Kelesdagi o‘zgarishlar, Zangiota va Yangiyo‘ldagi loyihalar bilan tanishdi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024