Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik konservatorlar yetakchisi iste'foga ketdi
Buyuk Britaniyaning konservatorlar partiyasi raisi Patrik Makloxlin iste'foga ketdi. U bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey huzuridagi yig‘ilishdan keyin ma'lum qilgan.
“Men bunday qaror qabul qildim. Bosh vazirga ishlash imkoniyatini bergani uchun minnatdorman”, deb aytgan Makloxlin jurnalistlarga.
Avvalroq OAV Mey partiyaga yangi yetakchi sifatida transport vaziri Kris Greyling yoki migratsiya bo‘yicha vazir Brendon Lyuisni tayinlashi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Ayni vaqtda bosh vazir qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda, unda Mey vazirlar mahkamasining yangilangan tarkibini ma'lum qiladi. Makloxlin, ta'lim vaziri Jastin Grining, quyi palata yetakchisi Andrea Lidsom, transport vaziri Kris Greyling va biznes, energetika va sanoat strategiyasi ishlari bo‘yicha vazir Greg Klark iste'foga ketishi taxmin qilingan.
8 yanvarda Shimoliy Irlandiya masalalari bo‘yicha vazir Jyeyms Brokenshir ham iste'foga ketgan, biroq bu hukumatdagi o‘zgarishlar bilan emas, balki vazirning sog‘lig‘idagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:53
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026