Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuzcha syurpriz. Makron Si Tszinpinga ot sovg‘a qildi
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoyga tashrifi davomida XXR raisi Si Tszinpinga kavaleriya otini sovg‘a qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Fransiya prezidenti sovg‘a sifatida Vezuviy laqabli sakkiz yoshli otni tanlagan, u prezidentlik kavaleriya korpusiga kirgan.
Ta'kidlanishicha, Makron – «chuqur ma'noga ega narsalarni sovg‘a qilish bo‘yicha mutaxassisdir». 2014 yilda Si Tszinpinning Parijga tashrifi vaqtida unga 104 nafar fransuz chavandozi hamrohlik qilganidan g‘oyat zavqlangan.
Makron Xitoyga uch kunlik tashrif bilan keldi. Bu yerda u Xitoy-Fransiya munosabatlarini muhokama etishni, shuningdek Fransiya biznesini Xitoy bozorida ilgari surishni mo‘ljallagan.
Mavzuga oid
19:48 / 27.11.2025
Germaniyadagi eng pakana ot Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:11 / 31.08.2024
Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi
14:24 / 06.12.2022