Jamiyat | 18:28 / 08.01.2018
42285
1 daqiqa o‘qiladi

«Men qonunman!» - Qonun ustuvorligi haqida yangi rolik taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi yangi ijtimoiy videorolikni suratga oldi. U korrupsiya mavzusiga bag‘ishlangan.

Videorolikda o‘zbek kinosining taniqli aktyorlari suratga tushgan. Tasvirlarda yengil avtomashinani ta'qib etib kelayotgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini ko‘rish mumkin. 

«Porani u o‘z xohishi bilan berdi, hech kim uni majbur qilgani yo‘q. Buning ustiga uni pora deyishga ham arzimaydi, mayda pul. Yo‘q, bu jinoyat emas!» - deydi rolikdagi bosh qahramon.

Rolikka esa «Qonun doimo biz bilan» so‘zlari yakun yasab bergan.

Mavzuga oid