Jahon | 11:38 / 08.01.2018
19359
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 2017 yilda eng ko‘p sodir etilgan jinoyat turi aytildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyada 2017 yilning 11 oyi davomida eng ko‘p sodir etilgan jinoyat turiga o‘g‘irliklar aylandi. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakat Bosh prokuraturasi statistikasiga tayangan holda xabar bermoqda

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil davomida ushbu mamlakatda taxminan 738 mingta o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan.

Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinni firibgarlik hamda giyohvand moddalar aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlar egalladi. Ta'kidlanishicha, sodir etilgan jinoyatlar umumiy sonidagi firibgarlik ulushi 7,5 foizdan 10,7 foizga oshgan.

Ko‘rsatilgan davrda 1,9 million jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu 2016 yildagi ko‘rsatgichdan 86 mingga kamroqdir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid