Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya YeIning to‘rt davlatidagi islomofobiyani tekshiruvdan o‘tkazadi
Turkiya parlamenti Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan to‘rt mamlakatda islomofobiya bilan bog‘liq vaziyatni tekshiruvdan o‘tkazish uchun komissiya tashkil qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Belga agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.
Gap Avstriya, Germaniya, Fransiya va Belgiya haqida bormoqda. Ta'kidlanishicha, bu mamlakatlarda, turkiyalik amaldorlarning fikricha, islomofobiya aniq ko‘rinishga ega hamda ko‘p uchraydi.
Komissiya o‘z ishini 9 yanvar kuni boshlaydi. Turkiya hukumatining umid bildirishicha, bu davlatlar hodisalar yuz bergan joyning o‘zida tekshiruv o‘tkazishga ruxsat beradi.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropaga kelayotgan qochqinlarni “musulmon bosqinchilari” deb atagandi va uning davlati kelgusida muhojirlarni qabul qilishni istamasligini aytgandi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026