Sport | 13:58 / 08.01.2018
7413
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda konkur bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa o‘tkaziladi

Foto: FEI World Jumping Challenge Final

Konkur bo‘yicha «FEI World Jumping Challenge Final» musobaqasi ilk bor Osiyo qit'asida bo‘lib o‘tadi. Bu safar O‘zbekiston ot sporti elitasini qabul qiladi. Mamlakat Ekvador, Portugaliya va boshqa davlatlar orasidan tanlab olindi.

Konkur bo‘yicha «FEI World Jumping Challenge» musobaqalari 2001 yilda Germaniyaning «PSI» kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, dastlab bu bellashuvlar finali Yevropa qit'asida o‘tkazilgan. 2008 va 2009 yilda final musobaqalari Amerika qit'asida tashkillashtirilgan. 2014 yilda esa musobaqa finalini o‘tkazish huquqi Afrikaga taqdim etildi.

O‘zbekistonda ushbu nufuzli musobaqada joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar "Allyur" ot sporti klubida tashkil etiladi. Mamlakat uchun ot sportining rivojlanishi – elitaga kirish imkoniyati, yaxshi imij, obro‘, investitsiya va turistik jihatdan jozibadorlikni yaratishdir. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid