Erdo‘g‘an Suriya bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an seshanba kuni Suriyadagi “Firot qalqoni” amaliyoti yana tiklanishi mumkin ekani haqida ma'lum qildi.
“Anadolu” agentligining xabar berishicha, u Adolat va rivojlanish partiyasining Anqarada tashkil etilgan yig‘ilishida chiqish qilib, bu boradagi tegishli rejalari bilan bo‘lishgan.
"Agarda Alloh bunga yo‘l bersa, biz Afrin va Manbijda “Firot qalqoni” amaliyotini davom ettiramiz", - degan Erdo‘g‘an.
Avgust oxirida Turkiya hukumatiga yaqin bo‘lgan “Sabax” gazetasi Anqara “Firot qalqoni” amaliyotining ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergandi. Amaliyotning birinchi bosqichi 2016 yilning avgustidan 2017 yilning martiga qadar davom etgan bo‘lib, Turkiya HHK va Suriya muxolifati kuchlarining zirhli texnikasi qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024