Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki smenada ishlash ayollarda saraton xavfini oshirishi tasdiqlandi
Ikkinchi smenada ishlovchi ayollar boshqalarga nisbatan ko‘proq ko‘krak bezi, teri va ovqat hazm qilish organlari saratonidan aziyat chekishar ekan. Cancer Epidemiology, Biomarkers & Prevention jurnalida tibbiyot xodimlarining shu mavzudagi tadqiqot natijalari taqdim etildi.
"Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, tungi smenada ishlash ayollarda eng ko‘p tarqalgan saraton shakllarining rivojlanish xavfini oshiruvchi omil hisoblanar ekan. Biz tomonimizdan yig‘ilgan ma'lumotlar ularni qanday himoyalash mumkinligini tushunishga yordam beradi, shuningdek bunday xodimlar hozirning o‘zidanoq muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tishi kerakligiga ishora qiladi", - dedi Chendu (Xitoy)dagi Sichuan provinsiyasi universitetidan Syueley Ma.
2007 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan hisobotga ko‘ra, ekspertlar tungi smenada faoliyat yuritish tana bioritmlarida buzilishlarning rivojlanishiga va saraton, shu jumladan ko‘krak bezi saratoni rivoji imkoniyatlarining oshishiga olib kelishini ma'lum qilishgan. Olimlarning ta'kidlashicha, uyqu va tetiklik sikllari buzilgan jonivorlarni kuzatib, shunday xulosalarga kelingan.
Keyinchalik bu xulosalarga shubhalar bildirilgan - Oksford shifokorlar jamoasi ayollar salomatligini kuzatishga doir uch yirik loyiha statistikasini tahlil qildi va tungi faoliyat ayollarda saratonga moyillikni keltirib chiqarishiga hech qanday asos topa olmadi.
Ma va uning hamkasblari buni tekshirishga kirishishdi - ular Shimoliy Amerika, Yevropa, Avtsraliya va Osiyoda yashovchi deyarli 4 million ayol ishtirok etgan kuzatuvlar natijalarini bir joyga to‘plashdi. Ulardan taxminan 114 ming nafari saraton qurboniga aylandi, bu esa olimlarga tungi smenada ishlash ayollarda nafaqat ko‘krak bezi saratoni, balki o‘simtalarning ko‘plab boshqa turlari rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatishini kuzatish imkonini berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, tungi smenada ishlash haqiqatda ko‘krak bezi saratoni va ko‘plab boshqa o‘simtalar ehtimolini oshirgan, biroq barcha ayollarda emas - faqat Yevropa va Shimoliy Amerikada yashagan ayollarda. Maning fikricha, bu yevropalik va amerikalik ayollarda jinsiy gormonlar darajasi sayyoraning boshqa burchaklaridagi ayollarga nisbatan yuqori ekani bilan bog‘liq.
Tungi smenada faoliyat yuritgan amerikalik va yevropalik ayollarda har qanday turdagi saraton rivoji xavfi boshqalarga nisbatan o‘rtacha 19 foizga yuqori ekan. Shu bilan birga, ular teri saratonidan - 40 foizga, ko‘krak bezi saratonidan - 32 foizga va oshqozon-ichak tizimi saratoni shakllaridan 18 foizga ko‘proq jabrlanishi qayd etilgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, ular yana bir tashvishli tendensiyani aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan - ayollar kechki payt qancha intensiv ishlashsa, buning ta'siri shuncha yuqori bo‘lar ekan. Xususan, tungi smenada ishlashning har besh yili ko‘krak bezi saratoni rivoji ehtimolini 3,3 foizga oshiradi.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
09:58 / 08.04.2026