O‘zbekiston | 23:30 / 09.01.2018
27141
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqqa boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni yana Toshkent viloyatiga chiqadi. «Kun.uz» manbasi xabar berishicha, prezident Chirchiq shahriga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ushbu safari davomida iqtisodiy obektlarni ko‘zdan kechirishi, shuningdek, harbiylar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada, 5 yanvar kuni prezident Toshkent viloyatida islohotlarning borishi jarayoni bilan tanishgan, shu kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan va G‘ulomjon Ibragimov viloyatning yangi hokimi sifatida tanishtirilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid