Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi, ularning yonida qurol bo‘lgan
Peterburgda "Anakonda" maxsus amaliyoti doirasida bitalar va to‘pponchalarga ega, bosqinchilikda gumonlangan besh nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bergan.
Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari avtomobilni to‘xtatishgan, unda esa O‘zbekistonning besh nafar qurollangan fuqarosi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bitalar va to‘pponchalar bilan qurollangan shaxslar shaharning Buxarest ko‘chasida 10 yanvar kuni kechki payt ushlangan.
“Mazda” avtomobili politsiyachilar tomonidan ko‘zdan kechirilganida, salondan to‘rtta beysbol bitasi, ikkita travmatik to‘pponcha, shuningdek maxsus niqoblar topilgan.
Avtomobilda 1990-1995 yillarda tavallud topgan besh nafar yigit bo‘lgan. Shu bilan birga, ushbu shaxslar harakatlangan avtomobil Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi Rossiya fuqarosi nomiga rasmiylashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, ayni damda politsiyachilar ro‘y bergan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashmoqda.
Mavzuga oid
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
07:47 / 23.08.2024