FQB «Rossiya ishi» bo‘yicha ishchi guruh tuzdi
AQShning Federal qidiruv byurosi huzurida saylovlar bilan bog‘liq ishchi guruh tashkil etildi. U AQSh fuqarolari va kompaniyalariga saylovlarga aralashish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan noto‘g‘ri hamda yolg‘on ma'lumotlar haqida axborot beradi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda xabar bermoqda.
FQB boshlig‘i Kristofer Rey o‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida ishchi guruhi tashkil etilishi haqida ma'lum qilgan, ammo uning vazifalari nimalardan iborat bo‘lishiga oydinlik kiritmagan edi. 10 yanvar kuni guruhga rahbarlik qiluvchi FQB mulozimi Jyeffri Trikolining bildirishicha, jamoaning maqsadi – saylovlarga aralashishga urinishlarni fosh etish bo‘lib, yolg‘on ma'lumotlar, "asossiz xabarlar" va boshqa shu kabi axborotlarga nisbatan qanday chora ko‘rishni kompaniyalar ixtiyoriga qoldirishdan iborat.
"Bizning vazifamiz bu boradagi shaffoflik va oshkoralikni ta'minlashdir. Fikrimizcha, bu eng yaxshi harakatdir", — degan u.
Agentlikning qayd etishicha, hozircha ishchi guruh qanchalik faol ish olib borishi aniq emas. Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabrida AQShda Kongressga o‘rta saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:10
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024