Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy fuqarolarni kuzatishda davom etadi
Oq uy ma'muriyati xorijliklarni kuzatish to‘g‘risidagi (FISA) qonunning amal qilish doirasini sezilarli qisqartirish taklifiga qarshi chiqmoqda. Aslida qonun doirasini cheklashdan ko‘zlangan maqsad bexosdan amerikaliklarni kuzatishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Mazkur masala bo‘yicha Oq uy pozitsiyasini matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
11 yanvar kuni Kongress vakillar palatasi xorijliklarni kuzatish bo‘yicha amaldagi qonunning amal qilish muddatini birmuncha o‘zgartirishlar bilan yana 6 yilga uzaytirish borasida ovoz beradi. Mazkur hujjatga kiritilayotgan tuzatish esa, Milliy xavfsizlik agentligi, FQB va boshqa maxsus xizmatlarga amerikaliklar o‘zaro yo‘llagan qisqa xabarlarini o‘qishni taqiqlaydi.
Mualliflarga ko‘ra, bu tuzatishlar bilan "amerikaliklarning qo‘ng‘iroqlari, elektron maktublari va boshqa turdagi muloqotlarini yashirincha kuzatish amaliyotiga chek qo‘yish"ni anglatadi. Senator Rend Pol rahbarligidagi qonunshunoslar guruhining fikricha, Amerika maxsus xizmatlari terrorizmda gumon qilinayotgan xorijliklarni kuzatish bahonasida amerikaliklarning xabarlarini o‘qishga noqonuniy ravishda erishishlari mumkin. Bu esa, AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan to‘rtinchi tuzatish talablarini buzadi.
Mavzuga oid
09:10
AQShning Eronga yangi hujumlari mintaqada keskinlikni yanada oshirdi
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026