Jamiyat | 09:59 / 11.01.2018
11199
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada «Nursulton Nazarboyev» xalqaro aeroporti vaqtinchalik yopildi

Ostona xalqaro aeroporti noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtinchalik yopildi, deb xabar qilingan Qozog‘iston Respublikasining Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi feysbukdagi sahifasida.

«Ostona shahridagi «Nursulton Nazarboyev» xalqaro aeroporti parvozlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida, noqulay ob-havo sharoitlari sababli hozircha Ostona vaqti bilan soat 13:00 (Toshkent vaqti bilan 12:00)ga qadar yopildi», - deyiladi xabarda.

Yo‘lovchilarga reyslar bo‘yicha ma'lumotni aviakompaniyalar koll-markazlaridan aniqlashtirish tavsiya etildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid