Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida harbiy mashina olib qochildi
Noma'lum shaxs Toshkent viloyati Olmaliq shahrida avtomashinani o‘g‘irlab qochdi, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi KUN.UZ saytiga. Ma'lum qilinishicha, avtomashina oddiy fuqaroga emas, balki viloyatning Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qismga tegishli “UAZ-Hunter” rusumli avtomobil bo‘lgan.
Harbiy qism xizmatchisi S.Q. boshqaruvidagi transport vositasi o‘g‘ri tomonidan noma'lum tomonga olib qochilgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida avtoulov Quyichirchiq tumani Toshovul hududi Do‘stlik ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq yonidan topilgan. Avtomashinani olib qochgan shaxs boshqaruvni yo‘qotib, avtomashinani ag‘darib yuborgani ham aniqlangan.
Tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatni Olmaliq shahar Repina ko‘chasi 3-uyda yashovchi vaqtincha ishsiz, 23 yoshli H.B. sodir etgani aniqlanib, Jinoyat protsessual kodeksning 227-moddasi asosida qo‘lga olingan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zR JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
12:05 / 07.01.2026