Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp haqidagi kitob bestsellerga aylandi
Foto: Reuters
Jurnalist Maykl Vulffning AQSh prezidenti Donald Trampga bag‘ishlangan “Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida” (Fire and Fury: Inside the Trump White House) deb nomlangan asari sotuvga chiqqanining ilk kunlaridan bestsellerga (ko‘p nusxada sotiluvchi kitob) aylandi.
Kitob bozori tahlili bilan shug‘ullanuvchi NBD Bookscan mutaxassislari ma'lumotlariga ko‘ra, kitob sotuvga chiqarilgan ilk 5 kun ichida undan 29 ming dona sotilgan va kitob do‘konlari tarmog‘i ushbu kitob uchun katta hajmdagi buyurtmalarni eplay olmayapti.
Amazon internet-riteyleri kitob yetkazilishida uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Masalan, ba'zi xaridorlar kitobni 2 haftadan 4 haftagacha kutishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.
O‘z navbatida Henry Holt & Co. nashriyot uyi kitobni shoshilinch ravishda yana million nusxada chop etishga qaror qilgan, chunki buyurtmalar soni kitobning 150 ming nusxada chop etilgan dastlabki tirajidan ancha ko‘pni tashkil qildi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020