Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonning 4 fuqarosi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi
Rossiyaning Ryazan viloyati Ryajskiy tumani politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil 11 yanvarga o‘tar kechasi Sheremetevo qishlog‘ida joylashgan shaxsiy uyda zaharli gaz isidan O‘zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi zaharlangan. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilishgan. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Hayotdan ko‘z yumganlar quyidagilar:
1. Samadov Panji Norsoatovich, 10.05.1966 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumani, «Qiziljar» aholi punkti Chortosh ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;
2. Pazilov O‘rmonjon Numonovich, 22.01.1966 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani, «Voxilxaram» qishloq fuqarolar yig‘ini manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;
3. Mirzojonov Alijon Yuldoshovich, 25.09.1969 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani, «Chimyon» qishloq fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;
4. Xayitov Samat Ilmuratovich, 09.07.1981 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahri, 11-kichik nohiya 8-uy, 8-xonadonda ro‘yxatdan o‘tgan.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Ulfatbibi» qishloq fuqarolar yig‘ini, Beshtuvo ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Saidov Sherxon Muhammadovich (26.11.1990 yilda tug‘ilgan) Ryajskiy tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limida salomatligi og‘ir holatda saqlanmoqda.
Qayd etilishicha, amaliy yordam berish va masalalarni o‘z o‘rnida hal etish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan jo‘nab ketishgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026