Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arabiston dengizida hind neftchilari bo‘lgan vertolyot falokatga uchradi
Hindistonning g‘arbiy sohillari yaqinida bortida 7 kishi bo‘lgan vertolyot falokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Hindiston harbiy-dengiz kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 13 yanvar ertalab yuz bergan. Vertolyotda ikki uchuvchidan tashqari, Hindistonning neft-gaz bo‘yicha komissiyasining 5 xodimi bo‘lgan. Ular Arabiston dengizidagi neft vishkalaridan biriga yo‘nalayotgan bo‘lganlar.
Qutqaruvchilar vertolyot qoldiqlarini Mumbaydan 50 km.cha uzoqlikda dengizda aniqlashgan.
4 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi bedarak yo‘qolgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
10:18
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026