Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada o‘ta noyob rangsiz olmos topildi
Afrikadagi Lesoto qirolligida kattaligi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turishi aytilayotgan olmos topildi. Bu haqda Britaniyaning Gem Diamonds kompaniyasi saytida xabar berilgan.
Olmos Gem Diamonds’ga tegishli bo‘lgan Letseng olmos konidagi ishlar davomida topildi, uning qiymati taxminan 40 mln dollarga baholanmoqda. 910 qirotli rangsiz (D shkalasi) tosh II-turga kiradi – aralashmalarga ega bo‘lmagan olmoslarga. Bunday toshlar tabiiy olmoslar orasida faqat 1-2 foiz holatlardagina topiladi.
«Gem Diamonds Letsengni 2006 yilda xarid qilganidan so‘ng, konda dunyodagi eng mashhur olmoslar topildi, jumladan 603 qirotli «Lesoto va'dasi», - deya ta'kidlab o‘tdi kompaniya ijrochi direktori Klifford Elfik. – Biroq, yuqori sifatdagi bu olmos – bugungi kunda topilganlar ichidagi eng yirigidir. Bu ajoyib topilma».
Shunday olmos topilgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgach, kompaniya aksiyalari 14 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
17:18 / 28.11.2024
Osmondagi qirollik. Dengiz sathidan 1400 metr balandda joylashgan yagona davlat haqida nimalar ma’lum?
16:58 / 11.11.2024