Yerning yoşi 4,5 milliarddan oşadi. Şu vaqt mobaynida u bir neça bor taşqi körinişini tubdan özgartirgan. Bundan taşqari, Yerning içki jarayonlari va uning tektonik plitalari harakati juda sekin keçadi, lekin heç qaçon töxtab qolmaydi. Bu esa sayyoramizni aql bovar qilmas darajada dinamik qiladi, deb yozmoqda IFLScience.

Olimlar asrlar davomida Yer geologiyasini örganib kelmoqda. Ular sayyoramizning bugungi körinişi va nima uçun aynan şunday holatga kelganini tuşunişga urinyapti, natijada har safar yangi kaşfiyotga duç kelişyapti. Ana şunday qiziq faktlardan biri — Yer yuzida faqat bitta mamlakatning butun hududi dengiz sathidan 14000 metr balandlikda joylaşgan.

Gap “Osmondagi qirolligi” nomi bilan ham tanilgan Lesoto haqida ketmoqda. Lesotoning butun hududi dunyoning köplab mamlakatlaridagi, jumladan Buyuk Britaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Daniya, Estoniya, Bangladeş va boşqa davlatlardagi eng baland toğlardan ham yuqoriroqda joylaşgan.

Uşbu davlat geografiyasi mintaqaning murakkab tarixidan kelib çiqadi, çunki Lesoto Janubiy Afrika Respublikasining anklavi hisoblanadi — u butunlay boşqa mamlakat hududi bilan öralgan va dengizga çiqiş imkoniga ega emas.

Tadqiqotçilarning fikriça, mazkur noyob davlatning tarixi XIX asr boşlariga borib taqaladi, ya’ni zulus xalqi öz yetakçisi Şaki Zul-u boşçiligida muntazam qöşin tuzib, harbiy ekspansiya kampaniyasini boşlagan paytlarga. Bu davr köp qon tökilişlar va odamlarning ommaviy köçişi sababli Mfekane yoki “halokatli” deb nomlandi.

Zöravonlikdan qoçişga muvaffaq bölganlar orasida toğdan boşpana izlagan qirol Moşveşe I boşçiligidagi qabila ham bor edi. Bu yerda u öz qirolligini barpo etdi, joylaşuvi sabab mamlakatni bosqinçilardan himoya qiliş ança oson bölgan.

Ilgari “Osmondagi qirollik” Basutolend nomi bilan tanilgan, keyinçalik 1843 yilda Moşveşe bilan imzolangan şartnomaga binoan Britaniya mustamlakaçiligi ostidagi tub davlat sifatida Lesotoga aylangan. Mamlakat mustaqillikka 1966 yilda Lesoto Qirolligi nomi bilan erişdi, qirol Moşveşe II esa uning suveren hukmdori etib tayinlandi.

Olimlarning ta’kidlaşiça, dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan, ammo özining gözal tabiati bilan maşhur boşqa bir neça mamlakatlar ham mavjud: masalan, Himolay toğlaridagi Butan va Nepal. Biroq bu davlatlarning eng past nuqtalari baribir 1000 metrdan quyida joylaşgan.

Ma’lumki, Nepalning eng baland nuqtasi Everest toği bölib, uning balandligi 8848 metrni taşkil etadi va u Yer yuzidagi eng baland çöqqi hisoblanadi. Şu bilan birga, mamlakatning eng past nuqtasi dengiz sathidan bor-yöği 60 metr balandlikda joylaşgan.

Lesoto sayyoradagi eng toğli mamlakat unvoniga da’vo qilmasligi mumkin, biroq u özining ajoyib toğli hududi bilan ajralib turadi, çunki uning har bir nuqtasi dengiz sathidan 1400 metrdan past bölmagan tepaliklarda joylaşgan.