Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Po‘lat Bobojonov Xitoy elchisi bilan uchrashdi
Foto: mvd.uz
XXRning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi IIVga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.Bobojonov kutib oldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.
Tashrif XXRning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszening vakolat muddatining tugashi bilan bog‘liq bo‘lgan. Diplomat, an'anaga ko‘ra, o‘z yurtiga jo‘nab ketish oldidan IIVga tashrif buyurish, ko‘p yillik do‘stlik aloqalari va samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorlik izhor etish istagini bildirgan.
General-mayor P.Bobojonov mehmonga yuzlanar ekan, elchi Sun Litsze o‘zining professionalligi, faol hayotiy pozitsiyasi bilan qadim va shonli tarixga ega ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuqori darajaga ko‘tarilishiga hissa qo‘shganini e'tirof etdi. Bizning madaniyatimiz, an'ana va urf-odatlarimiz o‘xshash, xalqlarimiz esa mehnatsevarligi, xayrixohligi va mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi, degan vazir.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026