Jahon | 21:20 / 15.01.2018
7563
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Shimoliy Gutasida yil boshidan 30dan ko‘proq bola halok bo‘ldi

Foto: Geneve

Suriya poytaxti Damashq yaqinida joylashgan, Bashar Asad kuchlari tomondan egallangan Sharqiy Gutada 2018 yilning ilk ikki haftasida 30dan ko‘proq bola halok bo‘ldi. Bu haqda YUNISEF xabar bermoqda. 

“2018 yilning ilk ikki haftasidayoq 30dan ko‘proq bola Sharqiy Gutadagi hujumlar qurbonlariga aylangani karaxtga soladi”, deb aytgan YUNISEFning Suriyadagi vakili Fren Ekviza. Uning ta'kidlashicha, bu yerda 2013 yildan beri 200 mingdan ko‘proq bola qamalda qolgan. 

Ekvizaning aytishicha, dunyo hamjamiyatiga Suriyada 7 yildan beri bolalar halok bo‘layotgani uchun uyat bo‘lishi kerak. 

“Ko‘plab bombardimonlar tufayli Sharqiy Gutadagi ko‘plab tibbiyot muassasalari yopilgan, oxirgi kunlarda hududdagi yana ikkita tibbiyot muassasasi bombardimonga uchradi”, deb ma'lum qildi YUNISEF vakili.

Uning aytishicha, Shimoliy Gutadagi aholi yashaydigan tumanlarning oxirgi bombardimon qilinishlari vaqtida 80 kishi jarohat olgan. 

Mavzuga oid