Rossiyalik politsiyachilarga mehnat ta'tilini O‘zbekistonda o‘tkazishga ruxsat berildi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonni o‘z xodimlari mehnat ta'tili vaqtida tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi.
Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekistondan tashqari Abxaziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Kuba, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Osetiya o‘rin oldi. Bu mamlakatlarga sayohat qilish RF IIVning barcha xodimlari uchun xavfsiz deb tan olingan. O‘z saytida ro‘yxatni taqdim etgan Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi (ATOR) Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevning qaroriga izoh berdi. Unga ko‘ra, ATOR ekspertlari plyaj yo‘nalishlari soni cheklangan: faqat Kuba, Abxaziya, Xitoy va Vetnam. Ozarboyjonda dengiz qirg‘oqlari borligiga qaramay, ko‘proq ekskursion turizm rivojlangan.
Belarus rossiyaliklarni asosan sanatoriylardagi hordiq bilan jalb qiladi. Assotsiatsiya mutaxassislari shuningdek O‘zbekiston ham Rossiyada ekskursion yo‘nalish sifatida qadrlanishini ta'kidlashgan. Biroq aviaqatnovlar narxining yuqoriligi va turistik sayohatlarning mavsumiyligi muayyan cheklovlarni keltirib chiqarishi qayd etilgan. Qozog‘iston va Qirg‘izistonga sayohatlar rossiyaliklar orasida u qadar mashhur emas, Janubiy Osetiya va Tojikiston esa turistik yo‘nalish sifatida deyarli imkoniyatga ega emas.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024