Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF)da sözga çiqqan siyosatşunos va «Rosneft» rahbari maslahatçisi Andrey Bezrukovning aytişiça, Rossiya kelgusi yillarda, hatto bir neça ön yil davomida turli şakldagi harbiy qarama-qarşiliklarga duç kelişi mumkin.

Uning ta’kidlaşiça, bu töğridan töğri qurolli töqnaşuvlar yoki boşqa hududlarga köçgan uzoq davom etuvçi mojarolar körinişida bölişi ehtimoldan xoli emas. Şu munosabat bilan davlat boşqaruvi va iqtisodiyotni nafaqat rivojlaniş, balki mudofaa vazifalarini ham bajara oladigan tarzda şakllantiriş zarurligini aytgan.

Bezrukov, şuningdek, Rossiyaga biologik xavf-xatarlar tahdid solayotganini ham iddao qildi.

Andrey Bezrukov sobiq sovet va rossiyalik razvedka xodimi bölib, 2010 yilda AQŞda foş etilgan va keyinçalik Rossiyaga qaytarilgan agentlar guruhi tarkibida bölgan.

Ayni paytda forumning oçiliş kuni Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uçradi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, bir neça kişi jabrlangan, neft terminali hududida yonğin çiqqan hamda aeroport faoliyatida vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgan.