Fan-texnika | 18:15 / 17.01.2018
13472
2 daqiqa o‘qiladi

Meizu yangi M6S smartfonini rasman namoyish qildi

Foto: Meizu

Meizu kompaniyasi 18X9 ekranli yangi M6S smartfonini rasman namoyish etdi. Uning diagonali 5,7 dyuymni, o‘lchamlari esa 1 440 × 720 pikselni tashkil qildi. Shu qaror tufayli displey ostidagi an'anaviy tugma yo‘qoldi. Endi u ekranning pastki qismidan joy olgan oddiy ko‘k rangdagi krujka ko‘rinishidagi elementdir. U tizimda turli xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun oddiy ta'sirlar, kuchli bosim va svayplarni taniy oladi. 

Barmoq izlari skaneri smartfonning yon tomoniga ko‘chirilgan, tovushning baland-pastligini sozlovchi klavishlar esa - chap tomonda. Smartfon korpusi metalldan ishlangan, old panel to‘liq 2.5D shisha bilan qoplangan. Qurilmaning ishlashi uchun Samsung Exynos 7872 protsessori javobgar. Operativ xotira hajmi 3 Gb'ni, ichki xotira esa versiyasiga qarab 32 yoki 64 Gb'ni tashkil qiladi. 

Foto: Meizu 

Akkumulyator sig‘imi — 3 000 mA·s. Atigi yarim soatda 52 foizga to‘ldiruvchi tezkor zaryad bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Smartfondagi asosiy kamera - 16 Mp, selfi-kamera esa - 8 Mp. Meizu M6S qurilmasi OneMind AI sun'iy intellekt tizimini o‘z ichiga olgan Flyme 6.2 bazasida ishlaydi.

Meizu M6S'ning Xitoydagi narxi 999 yuan (taxminan 155 dollar)dan boshlanadi. Smartfonning boshqa mamlakatlardagi narxi va uning qachon sotuvga chiqishi hozircha noma'lum. 

Mavzuga oid