Rossiya Afg‘oniston va toliblar bo‘yicha bayonot berdi
Rossiya Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tezroq boshlanishining tarafdori. Bu haqda RF TIV saytidagi xabarda aytiladi.
«Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati va toliblar harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tezroq boshlanishining qat'iy tarafdorimiz, bu qonli fuqarolik urushini to‘xtatish uchun ham kerak. Buning uchun tegishli maydoncha taqdim etishga tayyormiz», - deyiladi xabarda.
Moskvadan qayd etishlaricha, Afg‘oniston shimoli IShID boshchiligidagi terrorizmning tayanch bazasiga asta-sekin aylanib bormoqda.
«Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, muammoga kuch bilan yechim topish yo‘li samarasiz. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida milliy sulh jarayonini ishga tushirish bo‘yicha jiddiy qadamlar kerak», - deya ta'kidlab o‘tishgan diplomatik idoradan.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
20:07 / 22.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
18:47 / 22.09.2024
AQShdan o‘g‘irlangan va hanuz ishlab chiqarilayotgan «Buxanka»
18:42 / 22.09.2024