Toshturma yangi joyga ko‘chirilmoqda
Toshkent shahridagi 1-sonli tergov izolyatori (Toshturma)da bo‘lgan mahkumlar yangi joyga ko‘chirilmoqda. Koloniya Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashadi. Bu haqda «Pravda Vostoka Online» xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshturmada bugungi kunda atigi 20 nafar nazoratchi qolgan. Mahbuslar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklarni qabul qilish to‘xtatildi. U bir haftadan so‘ng, ko‘chish ishlari yakuniga yetgach tiklanadi. So‘nggi vaqtlarda Toshturmada 2,5 ming kishi saqlangan. Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi tergov izolyatori to‘qqiz blokdan iborat o‘ziga xos yulduz shaklidagi majmuadir.
«Bu yerda sakkizta korpus bor, ippodrom yonida joylashgan izolyator orqali temir yo‘l liniyasi o‘tadi. Endi mahbuslarni tergov izolyatoridan respublikadagi boshqa koloniyalarga yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi», - deya aytib o‘tgan Toshturma nozirlaridan biri.
Mavzuga oid
14:18 / 22.11.2024
Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
10:04 / 27.08.2024
Zangiotada harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi
14:32 / 25.07.2024